AsosiyJamiyat

Jami 5 miliion 400 ming doza koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olib kelindi

'Jami 5 miliion 400 ming doza koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olib kelindi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan “O`zbekistonda SOVID-19 qarshi kurash doirasida qilinayotgan ishlar, emlash jarayonidagi muhim vazifalar” mavzusiga bag`ishlangan matbuot anjumani davom etmoqda.

Unda ta`kidlanishicha, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha tadbirlar doirasida aholini ommaviy koronavirusga qarshi emlash jarayonlari o`tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning bugungi kunigacha  yurtimizga jami  5 400 000 doza koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olib kelindi va taqsimot orqali hududlarga tarqatildi.

Joriy yilning 10 iyun holatiga jami 2 529 608 doza koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash tadbirlari o`tkazildi, shundan 646 116 dozasi AstraZeneca vaksinasi bilan, 1 766 811 dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi va 116681 dozasi “SPUTNIK-V” vaksinasi bilan aholi emlandi.

Anjumanda O`zbekiston va dunyoda koronavirus infeksiyasi bo`yicha vaziyat, aholini ommaviy emlashning samaradorligi, kasallikning oldini olishda ahamiyat qaratish lozim bo`lgan jihatlar bo`yicha ma`lumotlar berildi.

    Boshqa yangiliklar