Turkiyada vaziyat barqarorlashdi: o`zbekistonliklar uchun karantin bilan bog`liq ayrim cheklovlar bekor qilinmoqda

Jamiyat 11.06.2021, 16:12
Teglar: Turkiya
Turkiyada vaziyat barqarorlashdi: o`zbekistonliklar uchun karantin bilan bog`liq ayrim cheklovlar bekor qilinmoqda

Turkiya Respublikasida epidemiologik vaziyat barqarorlashmoqda. Bu haqda xabar bergan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha,  Turkiyada o‘zbekistonliklar uchun ayrim karantin cheklovlari bekor qilinib, ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda.  

Xususan:

1. Istanbul shahridan Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar 2021 yil 3 iyundan boshlab bosqichma bosqich  tiklanadi;

2. Turkiyaga turistik sayyoxlar uchun mo‘ljallangan charter aviaqatnovlar joriy yilning 5 iyunidan boshlab bosqichma bosqich tiklanadi;

3. Toshkent-Istanbul yo‘nalishidagi aviaqatnovlar talab va vaziyatdan kelib chiqib joriy yilning 10 iyundan boshlab bosqichma bosqich tiklanadi;

4. So‘ngi 14 kun davomida Turkiyada bo‘lgan va ushbu mamlakat orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni uy yoki mehmonxonada karantinda bo‘lishlari tartibi  bekor qilindi.                        

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga kelish uchun aviaqatnovga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin so‘ngi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.

 

Sharhlar

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya hamkorligi bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi

18.03.2024, 10:30

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi.Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Turkiya va Gruziya tashqi ishlar...
Turkiyaning birinchi Togg elektromobili sotuvga chiqdi, uning birinchi egasi Erdo`g`on bo`ldi (video)

04.04.2023, 09:39

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg T10X elektromobilining birinchi egasi bo`ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi. Anqaradagi Prezident majmuida avtomobil kalitlarini tantanali topshirish...
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
⚡️“Turkiyada o`qilayotgan janozalar bizning uyimizda bo`layotgan motamdir” (video)

11.02.2023, 23:36

Turkiya — o`zbekistonliklar eng ko`p tashrif buyuradigan qadrdon davlat, tarixi tariximizga hamohang go`zal go`sha. Afsuski, bugun uning o`nlab hududlari ayanchli manzara kasb etmoqda. Turkiya va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1