Dunyoda koronavirus bilan kasallanish va o`lim holatlari o`ta yuqori darajaga ko`tarildi, dedi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus. Bu haqda TASS"ga asoslanib Lenta.ru xabar qildi.
“Jahon miqyosida COVID-19 holatlarida va o`lim holatlarida tobora balandlashib borayotgan ko`rsatkichlarni ko`rmoqdamiz: o`tgan haftada 5,4 milliondan ortiq virus yuqtirish holati va 90 mingga yaqin o`lim qayd etildi », - deydi Gebreyesus.
Aprel oyida JSST rahbari yaqin oylarda koronavirus tarqalishi bilan bog`liq vaziyat nazoratga olinishini aytgandi. "Agar biz ushbu pandemiyani bir necha oy ichida joriy vaziyatni nazorat ostiga olishni uddalasak, vaziyatni yaxshilash mumkin", deb tushuntirdi u.
Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda koronavirus infeksiyasining 158 milliondan ortiq holatlari qayd etilgan, ularning 32 milliondan ortig`i Qo`shma Shtatlarda kuzatilgan. Infeksiya natijasida deyarli 3,3 million kishi vafot etdi.






