Yuridik texnikumlarning o`quvchilari ham stipendiya olish imkoniyatiga ega bo`ldi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.
Ma`lum qilinishicha, iqtidorli o`quvchilarni rag`batlantirish maqsadida Adliya vazirligi stipendiyasi ta`sis etildi.
Vazirlik stipendiyasi kunduzgi ta`lim shaklida har bir yuridik texnikumlarning 2-bosqichida o`qiydigan, ta`lim tilidan qat`i nazar akademik o`zlashtirish ko`rsatkichi eng yuqori bo`lgan
5 nafardan iqtidorli o`quvchilarga taqdim etiladi.
Vazirlik stipendiyasiga da`vogarlar yilda bir marta avgust oyining oxirgi 10 kunligida aniqlanadi.