AsosiyJamiyat

Angrenda "Neksiya" bilan to`qnashgan "Lasetti" yonib ketdi

'Angrenda "Neksiya" bilan to`qnashgan "Lasetti" yonib ketdi'ning rasmi

Kecha,  11 iyun kuni soat 22:30 larda, Toshkent viloyati, Angren shahar hududidagi avtomobil yo`lining 180-kilometrida haydovchi, 1982 yilda tug`ilgan R.S. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli hamda haydovchi, 1962 yilda tug`ilgan M.Yu. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`ldi. Zarb oqibatida "Lasetti" rusumli avtomobilda yong`in yuzaga kelgan, deb xabar bermoqda Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi.

Yong`in bartaraf etilgan, to`qnashuv natijasida "Lasetti" rusumli avtomobil yo`lovchisi, 1989 yilda tug`ilgan N.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.  

️Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar