AsosiyJamiyat

Buxoroda YPX xodimi va haydovchi o`rtasidagi vaziyatga YHXBB munosabat bildirdi

'Buxoroda YPX xodimi va haydovchi o`rtasidagi vaziyatga YHXBB munosabat bildirdi'ning rasmi

9 iyun kuni soat 11:30 larda, Buxoro viloyati IIB YHXB YPX xodimi T.Razzoqov Buxoro shahar, Navoiy shoh ko`chasida piyodaga yo`l bermaganligi va boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi bois "Kobalt" rusumli avtomobil haydovchisini to`xtatgan.

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining xabar berishicha, qoidabuzarligini tushuntirganda haydovchi piyodaga yo`l berganligini, boshqa piyodalar yo`lning narigi tomonida bo`lganligini ta`kidlagan. YPX xodimi haydovchiga nisbatan xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanganligi bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Shuningdek, transport vositasiga o`rnatilgan tovush chiqarish moslamasining turiga xodim tomonidan e`tiroz bildirilgan.

Holat haydovchi boshqaruvidagi videoregistrator moslamasiga qayd etilib, ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar