Fuqarolik ishlari bo`yicha Qashqadaryo viloyat Qarshi tumanlararo sudining 2015 yil 10 sentyabrdagi qaroriga asosan qarzdor dehqonobodlik X.Xonimqulovdan 2 nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun L.Qo`chqorovaning foydasiga aliment undirish belgilangan.
UzAning yozishicha, ota aliment pullarini o`z vaqtida to`lab kelgan.
Taqdim etilgan ma`lumotga ko`ra, joriy yilning 26 aprel kuni X.Xonimqulov sud hujjatini ijro etish usuli va tartibini o`zgartirish haqida ariza bilan ushbu sudga murojaat qildi. Qarzdoning arizasiga ko`ra, alimentni oldindan to`lash bo`yicha sudning ajrimi chiqarildi. Qarzdorga 29.03.2021 yildan 29.03.2026 yilga qadar 53 million 403 ming so`m aliment hisoblanib, ushbu pullar Majburiy ijro byurosi Dehqonobod tuman bo`limi tomonidan joriy yilning 7 iyun kuni tilxat asosida undiruvchiga topshirildi. Shu sababli, X.Xonimqulovning mamlakat hududidan chetga chiqishiga qo`yilgan cheklov bekor qilindi.






