AsosiyJamiyat

SSV O`zbekistonga koronavirus kirib kelganidan buyon qancha odam infeksiyani yuqtirganini ma`lum qildi

'SSV O`zbekistonga koronavirus kirib kelganidan buyon qancha odam infeksiyani yuqtirganini ma`lum qildi'ning rasmi

Ma`lumki, pandemiya boshlangandan buyon SSV Matbuot xizmati yurtimizda koronavirusdan kasallanish bilan bog`liq kunlik statistik ma`lumotlarni e`lon qilib kelmoqda. Ayni paytdagi statistikaga ko`ra, kasallik O`zbekistonda qayd etilganidan buyon 2021 yilning 1 yanvarigacha 77 182 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan bo`lsa, 2021 yil 10 iyun holatiga ko`ra, 102 892 nafar bemorda koronavirus aniqlanganini ko`rish mumkin. O`tgan besh oydan oshiq vaqt mobaynida 25 710 nafar fuqaro kasallikka chalingan.

Hududlar kesimida yil boshidan beri  kasallanganlar ko`rsatkichi quyidagicha:

🔹Qoraqalpog`iston Respublikasida 413 nafar,

🔹Andijon viloyatida 522 nafar,

🔹Buxoro viloyatida 431 nafar,

🔹Jizzax viloyatida 436 nafar,

🔹Qashqadaryo viloyatida 339 nafar,

🔹Navoiy viloyatida 189 nafar,

🔹Namangan viloyatida 411 nafar,

🔹Samarqand viloyatida 2735 nafar,

🔹Sirdaryo viloyatida 344 nafar,

🔹Surxondaryo viloyatida 282 nafar,

🔹Farg`ona viloyatida 537 nafar,

🔹Xorazm viloyatida 485 nafar,

🔹Toshkent viloyatida 3819 nafar,

🔹Toshkent shahrida 14 767 nafar nafar yurtdoshimizda koronavirus tasdiqlangan.

    Boshqa yangiliklar