AsosiyJamiyat

O`zbekistonda barcha fuqarolar haqidagi ma`lumotlar bazasi yaratiladi

O`zbekistonda “Elektron hukumat” tizimi doirasida mamlakat hududida doimiy yashovchi rezidentlar, norezidentlar, shuningdek fuqaroligi yo`q shaxslar haqidagi ma`lumotlarning elektron bazasi yaratiladi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda. Zarurat tug`ilganda mazkur baza ularni identifikasiya qilish uchun qo`llaniladi.

Mazkur bazadan fuqarolarning shaxsiy ma`lumotlari bilan bevosita yoki bilvosita ishlaydigan barcha axborot tizimlari foydalanishi mumkin.

Shuningdek, mazkur baza ma`lumotlari O`zbekistonning turli hududlarida yashovchi fuqarolarni ro`yxatga olish, xususan saylov kampaniyalari o`tkazish imkonini ham beradi.

Bundan tashqari, O`zbekistondagi har bir sohaga oid kompaniyalar haqidagi ma`lumotlarni o`zida saqlovchi yuridik shaxslar haqidagi ma`lumotlar bazasi yaratilishi ham ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar