AsosiyJamiyat

Kelgusi o`quv yilida OTMlarning sirtqi ta`lim shaklida qanday o`zgarishlar bo`ladi? 

'Kelgusi o`quv yilida OTMlarning sirtqi ta`lim shaklida qanday o`zgarishlar bo`ladi? 'ning rasmi

Bu haqdagi ma`lumotlar "Huquqiy axborot" kanalining "Bilasizmi" rukni ostida havola qilindi

Unga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilida: 

- Umumta`lim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik ma`lumotga ega bo`lmagan o`qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta`lim shakli bo`yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

- Pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMda “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo`yicha)” bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta`lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

- Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati institutida maxsus sirtqi ta`lim tashkil etiladi.

- Respublika OTMning “5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha)” hamda “5410500-Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha)” ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta`lim shakllariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. 

    Boshqa yangiliklar