13 iyunda kunduz kuni respublika bo`yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 33-38° gacha isiydi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-36° bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo`ladi.
13-14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg`irlar sababli Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelish xavfi bor.






