O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali rasmiy kanalida Toshkent shahridagi vakant lavozimlar uchun tanlov elon qilindi.
Vakant lavozimlar:
- Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi, uy-joy, kommunal xizmat ko`rsatish va obodonlashtirish masalalari bo`yicha majmuasi Kotibiyati bosh mutaxassis;
- Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi, Xududiy sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy soxa va infratuzilmani rivojlantirish, kichik sanoat zonalari faoliyatini monitoring qilish masalalari bo`yicha bosh mutaxassis;
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo`limi Bosh mutaxassis;
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo`limi Bosh mutaxassis;
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi, Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo`limi Bo`lim boshlig`i (davlat va xo`jalik boshqaruv organida);
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi, Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo`limi, Bosh buxgalter;
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo`limi boshlig`i (davlat va xo`jalik boshqaruv organida);
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi bo`limi boshlig`i o`rinbosari;
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi bo`limi bosh mutaxassis;
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo`limi boshlig`i;
- Toshkent shahar statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig`ma axborot-tahliliy ishlar bo`limi boshlig`i o`rinbosari.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro`yxatdan o`tishlari, vakant bo`lgan lavozimga so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Hujjatlar 2021 yil 21 iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.