AsosiyJamiyat

Tunda Samarqanddagi bozorda katta yong`in sodir bo`ldi (video)

'Tunda Samarqanddagi bozorda katta yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Kecha 13 iyun kunidan 14 iyun kuniga o`tar kechasi soat 00:01da Ishtixon tumani "Qora qo`yli” MFY, A.Navoiy ko`chasida joylashgan “Ishtixon dehqon-bozori” MChJ hududida oziq-ovqat va har-xil turdagi qandolat mahsulotlari sotiladigan ochiq savdo rastasida taxminan 130-135 kv.m. maydonda yong`in sodir bo`lgan.

Xodisa yuzasidan viloyat IIB dastlabki ma`lumotlarni taqdim etdi. Unga ko`ra, savdo rastasining tom qismiga (tunika qoplamali bo`lganligi sababli) zarar etmagan.

Hodisa joyiga o`t o`chirish guruhi soat 00:08 da etib borib, soat 01:35 da yong`in bartaraf etilgan. Yong`indan savdo rastasining 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jaroxati olganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar