G`ijduvon tumanida "Yoshlar: 1+1" dasturi doirasida firibgarlik qilgan mansabdor shaxs qo`lga olindi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi tadbirkorlikka ko`maklashish markazi G`ijduvon tumani bo`limi boshlig`i, G`ijduvon tuman Zarangari mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan E.Sh. fuqaro S.M. ni aldab, uni "Yoshlar: 1+1" davlat Dasturi doirasida tashkil etilgan o`quv kurslarida o`qitish va sertifikat olib berish evaziga 800.000 (sakkiz yuz ming) so`m talab qilib, S.M. dan tumanning Chorsu mahallasi hududida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan E.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






