Kecha koronavirus tasdiqlanganlar ham, kasallikdan sog`ayganlar ham 300 nafardan oshdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 13 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103813 (+303) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-6 nafari Andijon viloyatida,
-9 nafari Buxoro viloyatida,
-14 nafari Jizzax viloyatida,
-24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-1 nafari Navoiy viloyatida,
-6 nafari Namangan viloyatida,
-11 nafari Samarqand viloyatida,
-2 nafari Sirdaryo viloyatida,
-32 nafari Surxondaryo viloyatida,
-20 nafari Farg`ona viloyatida,
-4 nafari Xorazm viloyatida,
-44 nafari Toshkent viloyatida,
-130 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
-Jizzax viloyatida 19 nafar,
-Navoiy viloyatida 3 nafar,
-Namangan viloyatida 2 nafar,
-Samarqand viloyatida 26 nafar,
-Farg`ona viloyatida 3 nafar,
-Xorazm viloyatida 111 nafar,
-Toshkent shahrida 153 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 99733 (+317) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3372 nafar bemor davolanmoqda.






