AsosiyJamiyat

Bu hafta Prezident Andijonga boradi

'Bu hafta Prezident Andijonga boradi'ning rasmi

Bu haftada Prezidentimizning kun tartibi tig`iz bo`ladi. Bugun sog`liqni saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar (birinchi navbatda onkologiya va gematologiya yo`nalishlariga oid), hamda Toshket viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar,  ertaga oliy ta`lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo`yicha videoselektor o`tkazilishi belgilangan.  Bu haqda  Bu haqda ayni paytda bo`lib o`tayotgan brifingda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi. 

Shuningdek, 15 iyun kuni Prezidentimiz Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari bo`yicha vaziri Al-Gergavi va 16 iyun kuni esa Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlari mo`ljallangan. 

17-18 iyun kunlari Prezidentimizning Andijon viloyatiga safari rejalashtirilmoqda. 

Bular haqda hafta davomida yana xabar berib boramiz. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. 

    Boshqa yangiliklar