G`olib chiqqan shaxsga oromgoh maydonida turistik xizmat ko`rsatish majmuasi shuningdek, kamida 3 yulduzli mehmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyati yuklatilgan.
5,9 gektar maydonda joylashgan “Soyliq” oromgohi e-ausionda aprel oyida qo`yilgan edi. Bu haqida E-ijro ausion saytida xabar berilgan.
Oromgoh Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani , Kichiksoy MFYda joylashgan. Inshoot uchun boshlang`ich narx 14,2 mlrd so`m deb belgilangan. Oromgoh ausion natijalariga ko`ra 14,4 mlrd so`mga sotilgan. Bu haqda E-ijro ausion matbuot xizmati Spotga xabar berdi.
G`olib chiqqan shaxs oromgoh maydonida turistik xizmat ko`rsatish majmuasi, shuningdek kamida 3 yulduzli mehmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyati yuklatilgan.






