Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda qimmat narxlarda Moskvaga uchish uchun sotib olingan chiptalar soxta ekanligi, yuzdan oshiq yo`lovchilar aeroportda sarson bo`layotganliklari aytilgan xabar tarqaldi.
https://t.me/MILITSIYA_UZB/34508
Mazkur xabar haqiqatga qanchalar yaqin ekanligini aniqlashtirish maqsadida Zamon.uz muxbiri «Uzbekistan airways» AJ matbuot xizmati bilan bog`landi.
"Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qoldirilgan reys Rossiyaning “red wings” aviakompaniyasiga tegishli bo`lib, 13 iyun kuni uchish reysi Toshkentdan amalga oshirilishi kerak bo`lgan. Biroq, ma`lum sabablarga ko`ra amalga oshirilmagan.
Ta`kidlanishicha, ushbu reysda uchish kerak bo`lgan yo`lovchilar Xalqaro aeroportning kutish xonasida qolib ketishgan, ichkariga qo`yilmagan. Sababi reys o`z vaqtida uchmagan.
Hozirda yo`lovchilar o`z manziliga uchib ketganmi yoki yo`qmi, chiptalarning haqiqiy yoki soxta ekanligi bo`yicha ma`lumotlar aniqlashtirilmoqda" deyiladi xabarda.






