O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, haftaning birinchi yarmida O`zbekiston hududi Qozig`iston hududlaridan kirib kelgan salqin havo massalari ta`siri ostida bo`ladi.
Harorat kechalari 15-18° gacha pasayadi, kunduz kunlari 32-35° atrofida, janubda 36-38° gacha bo`ladi.
Haftaning ikkinchi yarimda sharqiy botiqlik respublikamiz hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin kechalari 20-23° gacha, kunduz kunlari 36-39° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 40-41° gacha ko`tarila boshlaydi.
Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
14-15 iyunda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.
Respublika bo`yicha 14-15 iyunda va 19 iyunda shamol ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelish havfi bor.






