AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi, meliorasiya va yo`l qurilishi texnikalari nazorati bo`yicha qancha qonunbuzilish holati aniqlangani ma`lum qilindi

'Qishloq xo`jaligi, meliorasiya va yo`l qurilishi texnikalari nazorati bo`yicha qancha qonunbuzilish holati aniqlangani ma`lum qilindi'ning rasmi

 Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutasaddilari ma`lum qildi:

 «Joriy yilning yanvar-may oyida tarmoq inspektorlari tomonidan jami 12 801 ta nazorat tadbiri, shundan 440 ta tekshirish, 12361 ta monitoring tartibidagi o`rganishlar o`tkazilgan.

  O`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 6375 ta, shundan  5225 tasi — qishloq xo`jaligi, meliorasiya va yo`l-qurilish texnikalarining texnik holatini nazorat qilish yo`nalishida, 14 tasi — qishloq xo`jaligi, meliorasiya va yo`l-qurilish texnikalarini ishlab chiqarish va etkazib berilishini nazorat qilish yo`nalishida, 796 tasi — qishloq xo`jaligi texnikalaridan foydalanish, ularga ko`rsatilgan ta`mirlash va servis xizmatlari sifatini nazorat qilish va 340 tasi — boshqa nazorat yo`nalishlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

 Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo`yicha 660 ta yozma ko`rsatma, 167 ta taqdimnoma kiritilgan bo`lsa, 5515 ta holatda ma`muriy choralar qo`llanilgan, 157 ta holatda xujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan».

Boshqa yangiliklar