AsosiyJamiyat

Andijonda erkak tanishi tomonidan pichoqlangani haqidagi xabarga IIV izoh berdi (video)

'Andijonda erkak tanishi tomonidan pichoqlangani haqidagi xabarga IIV izoh berdi (video)'ning rasmi

Andijon shahrida 24 may kuni erkak tanishi tomonidan pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi mazkur xabarlarga izoh berdi.

Xabarga ko`ra, 24 may kuni soat taxminan 19:30 larda fuqaro I.I. Andijon shahar Bunyodkor mahallasida joylashgan xonadonlarning birida o`ziga oldindan tanish bo`lgan O.A. bilan o`zaro janjallashgan va uning bel va tomoq qismiga o`tkir tig`li jism bilan zarba bergan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, «chap bel sohasida 1,5 santimetr kirgan, bo`yin dahanosti sohasida o`tkir jism bilan etkazilgan sanchilgan kesilgan jarohati, badanida qontalash va shilinmalar» kabi sog`liqni uzoq muddatga buzilishiga olib kelgan «o`rtacha og`ir» tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan I.I.ga nisbatan Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «m» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchiga ayblov e`lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar