AQSh prezidenti Jo Bayden Boltiqbo`yi davlatlari rahbarlari bilan "Rossiya va Xitoyning muammolarini" muhokama qildi. Bu haqda Oq uy xabariga tayanib Ria novosti xabar berdi.
"Prezident Jozef Bayden bugun Bryusselda bo`lib o`tgan NATO sammiti doirasida Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas, Latviya Prezidenti Egils Levits va Litva Prezidenti Gitanas Nauseda bilan uchrashdi ", - deyiladi Oq uy xabarida.
Shuningdek, rahbarlar Rossiya va Xitoyning chaqiriqlariga javob berish uchun siyosiy, harbiy va iqtisodiy sherikligimizni yanada mustahkamlashga, shu jumladan NATO orqali birgalikda ishlashga va`da berishgan.