Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo`nalishlar ochilishi ma`lum qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar berdi.
2021/2022 o`quv yilida:
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.
Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi .
Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog`iston qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.
O`zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o`quv jarayoni boshlanadi .
“Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo`lga qo`yiladi.
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti o`z faoliyatini boshlaydi.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros ob`ektlarini asrash fakultetlari ochiladi.






