AsosiyJamiyat

Buxoroda 15 yoshli maktab o`quvchisi cho`milish uchun kanalga borib, cho`kib ketdi. Yigitni qutqara olmagan o`rtoqlari qochib ketgan

'Buxoroda 15 yoshli maktab o`quvchisi cho`milish uchun kanalga borib, cho`kib ketdi. Yigitni qutqara olmagan o`rtoqlari qochib ketgan'ning rasmi

Buxoro viloyati, Olot tumanidagi  maktab o`quvchisi darsdan so`ng o`z xonadonidan chiqib, cho`milishga borib, suvga cho`kkan va uning jasadi bir kundan keyin topilgan.  Bu haqda Buxoro viloyati FVB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 9 iyun kuni  tumandagi 25-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi soat 11:40 larda joriy imtihonni topshirib bo`lgach, soat 12:00larda uyiga jo`nagan. Tumandagi “Xalifa” mahallasida yashovchi S.M. uyida tushlik qilgach, chamasi, soat 14-15 lar atrofida 4 nafar maktabdoshi bilan Qorako`l tumanidan oqib o`tuvchi katta “Amu-Buxoro” kanalida cho`milishgan.  

Chuqurligi taxminan 4-5 metrda, suv hajmi ham juda baland bo`lgan kanal 15 yoshli S.M.ni to`lqinida oqizib ketgan. Uning yonida bo`lgan tengdoshlari S.M.ni qutqarishga urinishgan. Biroq harakatlari zoe ketgan. Holatdan qo`rqib qolgan o`smirlar voqea joyidan qochib ketishgan.  

Aynan shu maktabda voqea sodir bo`lishidan bir necha kun oldin o`quvchilar o`rtasida maktab jamoatchiligi, yoshlar tashkilotlari hamda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tuman bo`limi vakillari bilan ta`qiqlangan suv havzalariga cho`milmaslik bo`yicha targ`ibot ishlarini olib borilgan.  O`quvchilarning ota-onalaridan kafolat xatlari olinib, har bir o`quvchisining qo`liga ta`qiqlanganlik bo`yicha targ`ibot bukletlari berilgan.  

- Afsuski, shuncha say`-harakatlarga qaramay, ko`ngilsiz holat sodir bo`ldi. 9 iyun kuni sodir bo`lgan bu holatdan, chamasi, bir soatlarcha keyin xabar topdik. FVBning g`avvos-qutqaruvchilari, baliqchilar jalb etilgandi. Kanal suvi hajmi juda yuqoriligi sababli bolani tirik qutqarib qolish imkoni bo`lmagan. Qidiruv 10 iyun tongiga qadar davom etdi va shu kuni  bolaning jasadi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan jalb etilgan baliqchilar to`r xaltasi orqali topilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar