AsosiyJamiyat

Tonirovka narxini kamaytirish masalalari ko`rib chiqilmoqda

'Tonirovka narxini kamaytirish masalalari ko`rib chiqilmoqda'ning rasmi

Tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda deputat Doniyor G`aniev ma`lum qildi.

Yoz kelib, kunlar isishi bilan tonirovka masalasi kun tartibiga chiqadi. Joylarda fuqarolar, yoshlar bilan uchrashuvlarda, ijtimoiy tarmoqlarda aynan tonirovka bo`yicha juda ko`plab murojaatlar bo`ladi.

Shu murojaatlardan kelib chiqib,  hamkasbim Bahrom Rahmonaliev bilan tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan 2-3 xil takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan avval Ichki ishlar vazirligiga takliflarimizga munosabat bildirishlarini so`rab, deputatlik so`rovi yuborgandik.

Bugun Ichki ishlar vazirligidan so`rovimizga javob kelibdi. Yomon tomoni, har doimgidek so`rovga aniq javob yo`q, takliflarimizga hech qanday munosabat bildirilmagan.

Yahshi tomoni, javobda aytilishicha, tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident Adminstrasiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga Ichki ishlar vazirligi tomonidan tegishli takliflar bildirilgan.

Demak, yaqin orada tonirovka masalasi bo`yicha ijobiy o`zgarish bo`ladiganga o`xshaydi. Avtomobil oynalarini qoraytirishga doir cheklovlar butkul bekor qilinishini kutmasamda, lekin tonirovka uchun belgilangan narxlar sezilarli miqdorda pasayadi, deb umid qilaman.

    Boshqa yangiliklar