AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq “Temir daftar”dagi oilalar elektron dasturga kiritildi

'Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq  “Temir daftar”dagi oilalar elektron dasturga kiritildi'ning rasmi

Toshkent viloyat bo`yicha 50 ming 631 ta yordamga muhtoj oilalar va ulardagi 210 ming 604 nafar aholi haqidagi ma`lumotlar “saxovat.argos.uz” elektron dasturiga kiritildi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Olib borilgan manzilli ishlar natijasida tuman va shahar Xalq deputatlari kengashi qarorlari asosida jami 46 ming 103 ta oilalar “Temir daftar” ro`yxatidan chiqarilgan. Hozirda 4 ming 528 ta oila ehtiyojmand oilalar ro`yxatidan joy olgan.

“Temir daftar”dagi oilalarning 53 ming 447 nafar mehnatga layoqatli ishsiz oila a`zolari bo`lib, ularning ishlash istaklari faoliyat turlari bo`yicha aniqlab olindi hamda 53 ming 51 nafari ishga joylashtirilgan.

Jumladan, iqtisodiy kompleksga 3 ming 721, investisiya kompleksiga 1 ming 242, qishloq xo`jaligi kompleksiga 3 ming 773, qurilish kompleksiga 153, norasmiy bandlik 15 ming 884, o`zining ishiga qaytish 4 ming 685, o`zini o`zi band qilganlar 17 ming 267, shuningdek, boshqa vakant ish o`rinlariga 6 ming 326 nafar aholi ishga yo`naltirilgan.

“Temir daftar” ro`yxatdan chiqarish imkoni bo`lgan 1 905 ta oiladan tadbirkorlikka o`qitgan holda imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga 299 ta, qishloq xo`jaligida 0,1-1,0 ga er maydoni ajratish hisobiga 431 ta, hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalardagi yaratiladigan yangi ish o`rinlariga joylashtirish hisobiga 447 ta, subsidiya ajratish orqali 425 ta, o`zini-o`zi band qilish orqali 303 nafar fuqaro “Temir daftar”dan chiqariladi.

Shuningdek, nogiron a`zosi mavjud 990 ta, 483 ta yakka-yolg`iz, 436 ta, boquvchisini yo`qotgan, oilalar, 267 ta pensionerlari bor hamda 16 yoshga to`lmagan farzandlarini tarbiya qilayotgan 447 ta oila “Temir daftar”dan chiqarilmaydi.

    Boshqa yangiliklar