AsosiyJamiyat

Endilikda O`zbekistonda tug`ilgan fuqaroligi bo`lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi

'Endilikda O`zbekistonda tug`ilgan fuqaroligi bo`lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 Qonunga “identifikasiyalovchi ID-kartasi” tushunchasi kiritildi.

 O`zgartirishga ko`ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O`zbekistonda doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo`lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O`zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Shuningdek, ota-onasidan biri (yolg`iz otasi yoki onasi) O`zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O`zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O`zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonunga ko`ra, endilikda O`zbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.

Bundan tashqari, O`zbekiston hududida tug`ilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5 yil davomida (fuqaroligi bo`lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e`tiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar