Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Unda deputatlar Toshkent viloyatining ma`muriy-hududiy birliklari chegaralarini o`zgartish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqmoqda.
- Bo`ka tumanidan 8,2 gektar Oqqo`rg`on tumani tarkibiga,
- Angren shahridan 143,6 gektar, O`rta Chirchiq tumanidan 3278,9 gektar maydon Ohangaron tumaniga,
- Ohangaron tumanidan 2931,8 gektar maydon Angren shahri tarkibiga,
- Angren shahridan 1094,0 gektar, Bo`stonliq tumanidan 312,2 gektar er maydoni Parkent tumaniga,
- Parkent tumanidan 493,3 gektar er maydoni Bo`stonliq tumaniga,
- Bekobod tumanidan 588,6 gektar Bekobod shahri tarkibiga,
- Bo`stonliq tumanidan 256,7 gektar Chirchiq shahri tarkibiga,
- Zangiota tumanidan 8,9 gektar er maydoni Yangiyo`l tumaniga,
- Yangiyo`l tumanidan 286,9 gektar er maydoni Zangiota tumani tarkibiga va 388,0 gektar er maydoni Yangiyo`l shahri tarkibiga,
- Yuqori Chirchiq tumanidan 60,1 gektar Qibray tumani tarkibiga,
- Qibray tumanidan 1884,9 gektar maydon Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga, 62,0 gektar er maydoni Bo`stonliq tumani tarkibiga, 1584,0 gektar er maydoni Chirchiq shahri tarkibiga,
- Piskent tumanidan 286,75 gektar er maydoni Bo`ka tumani tarkibiga, 3564,6 gektar maydon Olmaliq shahri tarkibiga, Olmaliq shahridan 102,5 gektar er maydoni Piskent tumaniga,
- Ohangaron tumanidan 23,1 gektar er maydoni Olmaliq shahri tarkibiga o`tkazilmoqda.
Bu anklav hududlarni tugatish hamda mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Majlisda xalq vakillari kun tartibidagi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorini qabul qilishdi.






