O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Vaxobjon Turajanovich Rajapov O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu kunga qadar Vaxobjon Rajapov Farg`ona viloyati xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Shu bilan birga Vaxobjon Rajapov Namangan viloyati xalq ta`limi tizimida turli boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Tashxis markazi rahbari, Namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Uning Namangan viloyati boshqarma boshlig`i lavozimidagi faoliyati davrida viloyat maktablari bitiruvchilarining oliy ta`limga kirish ko`rsatkichi bo`yicha hududlar orasida 4 pog`ona yuqoriga ko`tarilgan.
Ma`lumot uchun:
1971 yilda Namangan viloyati, Pop tumanida tavallud topgan Vaxobjon Rajapov Namangan davlat universitetida tarix-huquq fani o`qituvchisi mutaxassisligi bo`yicha tahsil olgan.






