AOKAda kikboksing bo`yicha o`tkaziladigan «UZBEKISTAN OPEN» xalqaro turniriga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.
Unda Oybek Narmetov, O`zbekiston kikboksing federasiyasi prezidenti:
«O`zbekistonda ilk bor 15-21 iyun kunlari kikboksing bo`yicha «UZBEKISTAN OPEN» xalqaro turniri bo`lib o`tadi. Toshkent shahri mezbonlik qiladigan musobaqaga 14 mamlakatdan 1,100ga yaqin sportchi ishtirok etadi. Pandemiya tufayli 10ga yaqin mamlakat sportchilari qatnashish istagida bo`lsa-da, kela olishmadi. Shunga qaramay, musobaqani yuqori saviyada o`tkazamiz, deb o`ylayman». -deya izox berdi.