AsosiyJamiyat

Namanganda qo`ylar hokimlik binosi oldida “mehmon bo`ldi"

'Namanganda qo`ylar hokimlik binosi oldida “mehmon bo`ldi"'ning rasmi

Namangan viloyati  Yangiqo`rg`on tumanida 15 iyun kuni tadbirkor er so`rab qo`ylarini hokimlik binosi oldiga to`pladi. Bu haqda «Zamon.uz» xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Yangiqo`rg`on tumanidagi «Jo`raboy Oxunov Sharq Yulduzi» agrofirmasi hududida faoliyat ko`rsatib kelayotgan «Mubosher Azizbek Lazizbek Fayz» MChJ rahbari U.M. 2020 yilning 4 avgust kuni bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonasiga chorva hayvonlarini boqish uchun 30 gektar er maydoni so`rab murojaat qilgan. Ushbu murojaat tuman hokimligining tegishli mutaxassislari hamda «Mubosher Azizbek Lazizbek Fayz» MChJ rahbarining ishtirokida o`rganilgan. O`rganish jarayonida tuman hokimligi tomonidan «Mubosher Azizbek Lazizbek Fayz» MChJ rahbariga tuman hokimligi zaxirasida bo`lgan tadbirkor o`zi faoliyat yuritayotgan «Jo`ra Oxunov Sharq Yulduzi» agrofimasi hududida joylashgan bir necha adirlik, yaylov erlar taklif etilgan.

Ular U.M.ning maydonga yaqin joyda chiqindixona mavjudligi, boshqa maydon esa qo`yxonasidan uzoqdaligini aytib rad qilgan. U.M.ning talab qilgan maydoni esa «Bolgar sharob» qo`shma korxonasi qoshidagi «Yangiqo`rg`on marvaridlari» UK egaligidagi erlar hisoblanadi.

Unitar korxona ham huquqiy sub`ekt egasi hisoblanishi bois ushbu er maydonini «Mubosher Azizbek Lazizbek Fayz» MChJ tasarrufiga olib berishning amalda imkoni yo`qligi yuzasidan murojaatchiga tushuntirilgan. 

 Shuningdek, Prezidentning 2021 yil 8 iyundagi «Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonining 8-bandiga asosan, ushbu farmon rasman e`lon qilingan kundan boshlab Er kodeksiga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda er uchastkalarini ajratish qat`iyan to`xtatilgani ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar