AsosiyJamiyat

"Avtoblogerni shoxi bormi?" — Toshkentda qoidabuzarlik qilgan avtobloggerga qanday chora ko`rildi?

'"Avtoblogerni shoxi bormi?" — Toshkentda qoidabuzarlik qilgan avtobloggerga qanday chora ko`rildi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Avtoblogerni shoxi bormi?" sarlavhasi ostida videolavha tarqalgan edi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Joriy yilning 11 iyun kuni soat 11:40 larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi M.Begzodov tomonidan Chilonzor tumani hududida "Spark" rusumli avtomobil haydovchisi yo`l belgiga amal qilmaganligi bois to`xtatilgan. YPX xodimi tomonidan qoidabuzarlik tushuntirilganda, haydovchi S.Sh. e`tirozlari mavjudligini, qog`oz bayonnoma rasmiylashtirilishini so`ragan. YPX xodimi yonida qog`oz bayonnoma mavjud emasligini bildirgan. Shundan so`ng, haydovchiga nisbatan planshet orqali elektron bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan qo`shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar