AsosiyJamiyat

Rossiyada noqonuniy bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga 30 iyunga qadar o`z maqomini qonuniylashtirishga ruxsat berildi

'Rossiyada noqonuniy bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga  30 iyunga qadar o`z maqomini qonuniylashtirishga ruxsat berildi'ning rasmi

 

Rossiya Prezidentining 2020 yil 18 apreldagi “Yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan Rossiya Federasiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holatini  tartibga solish bo`yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni doirasida Rossiya IIV hamda O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi diplomatik vakolatxonlari hamkorligida 2020 yilda Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 50 ming 700 nafar O`zbekiston fuqarolarining maqomi qonuniylashtirildi.

Hozirgi kunda ushbu farmonga kiritilgan o`zgartirishlar asosida Rossiya hududida noqonuniy bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga 2021 yil 30 iyunga qadar o`z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.

Shu fursatdan foydalanib, ushbu davlat hududida noqonuniy bo`lib turgan vatandoshlarimizni 2021 yilning 30 iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali o`z holatini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqiramiz.

Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma`muriy chiqarib yuborish, deportasiya qilish chorlari qo`llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migrasiya bo`limidan qayta ro`yxatdan o`tish imkoniyati beriladi.

Ushbu masalada yordam berish maqsadida O`zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining qo`yidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar