AsosiyJamiyat

Poytaxtda 13 yoshli bola bedarak yo`qoldi. Toshkent shahar IIB fuqaroni topishda yordam so`radi

'Poytaxtda 13 yoshli bola bedarak yo`qoldi. Toshkent shahar IIB fuqaroni topishda yordam so`radi'ning rasmi

2008 yilda tug`ilgan O`rmonov Umar ibn Roziyalloxu Usmon o`g`li joriy yilning 3 iyun kuni soat taxminan 21.30larda  Chilonzor  tumani 19-mavzeda  joylashgan yashash joyidan chiqib, noma`lum tomonga harakatlanib ketib qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIB ma`lum qildi.

Fuqaroning belgilari: bo`yi 160-165 sm, ozg`indan kelgan, yuzi biroz cho`zinchoq, ko`zlari qora dumaloq,  sochlari qora.

Aloxida belgilari: yuzining chap sohasida xoli bor, chap qoshining pastki qismida chandig`i bor.

Egnida: oq rangli futbolka, qora rangli shortik va oyog`ida oq rangli shippak bo`lgan.  

Agar siz O`rmonov Umar haqida biron bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo`limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar