So`nggi kunlarda Buxoro viloyati hokimligi Montblanc stol usti jamlanmasi – 7732 $ ga, Mudofaa vazirligi buyurtma bergan premium-klass ruchkalar narxlari har biri – 1415 $ ga baholanayotgani keskin tanqidlarga sabab bo`lmoqda. Yuqori darajali amaldorlar obro`-e`tiborining namunasi bo`lmish bu kabi premium-klass konselyariya mahsulotlaridan dunyoning boshqa amaldorlari ham foydalanishadimi? Ular foydalanayotgan ruchkalarning narxlari qanday? Shu bilan qiziqdik.
🖋 Britaniya primer-ministri Tereza Mey xonim ishlatadigan ruchka (Parker Duofold International Black Gold Trim) narxi – 185 $;
🖋 Yaponiya primer-ministri Shinzo Abe ishlatadigan ruchka (Pilot Custom 845) narxi – 568-697 $;
🖋 Britaniya qirolichasi Elizaveta II ishlatadigan ruchka (Parker-51s) narxi – 278 $;
🖋 AQSh prezidentlari ishlatadigan qadoq ruchkalar - Cross Century II Black Lacquer Selectip Rollerball Pen – 116 $ va Cross Classic Century Ballpoint Pen – 40 $.
Demak, birgina ruchka uchun falon ming dollar sarflamasdan ham muhim qarorlar qabul qilish va premiumlikni saqlab qolish imkoni bor ekan.
Sardorbek Rahmonqulov