Samarqand viloyat hokimligi tomonidan prokuraturaga taqdim qilingan Samarqand shahrining Minsk ko`chasida “Townhouse” uslubida uy-joy, bolalar bog`chasi va savdo binolari qurilishi ishlariga ruxsat berish holati bo`yicha hujjatlar o`rganiib chiqildi, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi Axborot xizmati.
O`rganishda, mazkur manzilda qurilish ishlariga ruxsat berish yuzasidan hujjatlar soxtalashtirilgan bo`lib chiqdi.
Mazkur holat bo`yicha viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksini tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






