AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati IIB boshlig`i o`zgardi

'Sirdaryo viloyati IIB boshlig`i o`zgardi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari Shuhrat Bo`ronov Shavkat Mavlonov o`rniga Sirdaryo viloyati IIBga boshliq bo`ldi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Shuhrat Husanovich Bo`ronov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida ish boshladi.

Podpolkovnik Shuhrat Bo`ronov muqaddam Surxondaryo viloyati IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari bo`lgan, shu kunga qadar Samarqand viloyati IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

    Boshqa yangiliklar