AsosiyJamiyat

“Katta Namangan kanali”da cho`kayotgan qiz qutqarib qolindi

'“Katta Namangan kanali”da cho`kayotgan qiz qutqarib qolindi'ning rasmi

FVV xodimlari tomonidan kanalda cho`kib ketayotgan qiz qutqarib qolindi, deya xabar bermoqda vazirlik Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, hodisa kecha, 15 iyun kuni soat 19:40larda Namangan viloyati Chortoq shahar hududidan oqib o`tuvchi “Katta Namangan kanali”da  yuzaga kelgan. Ma`lum bo`lishicha, mazkur hududda xizmat olib borayotgan Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruvchilari kanalda oqib ketayogan ayolni ko`rib qolgan. 

Shundan so`ng, FVV xodimlari zudlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa`y-harakatlari natijasida fuqaro xushsiz holda qutqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. O`ziga keltirilgan qiz tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Hozirgi vaqtda qutqarilgan insonning ahvoli o`nglangan.

    Boshqa yangiliklar