Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo`g`an ittifoq to`g`risidagi deklarasiyani imzoladilar, deb xabar berdi TASSga tayanib "lenta.ru.
Alievning so`zlariga ko`ra, hujjat "tarixiy ahamiyatga ega". Uning so`zlariga ko`ra, deklarasiya Anqara va Boku o`rtasidagi hamkorlikning barcha sohalarini, shu jumladan mudofaa va o`zaro yordam majburiyatlarini tartibga solishni o`z ichiga oladi. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Hujjat Shusha deklarasiyasi deb nomlandi - Tog`li Qorabog`ning Shusha (Shushi) shahrida ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi. "RIA Novosti" ning TRT telekanaliga asoslanib xabar berishicha, Erdo`g`an ma`muriyatidagi manbalar kelishuvda Qorabog`ni birgalikda tiklash haqida ham gap borligini da`vo qilmoqda.
Erdo`g`anning Shushaga kelishi haqida oldinroq xabar berilgan edi. Shuningdek, Turkiya prezidentining tashrifi uchun Ozarbayjon shaharga elita maxsus kuchlar bo`linmalarining bir necha yuz jangchilarini ko`chirgani ma`lum bo`ldi, ular orasida Turkiyadan ham instruktorlar bor. Imzolangan deklarasiya Anqara va Boku o`rtasidagi eng yirik bitimlardan biriga aylandi.






