Hukumat qarori bilan Davlat boshqaruvi organlari, xo`jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududlarni raqamli transformasiya holatini reyting baholash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, reyting baholash reyting ko`rsatkichlari va indikatorlari yordamida raqamli rivojlanish holatini baholash orqali tashkilotlar hamda hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha saralangan ro`yxatdagi o`rnini belgilash hisoblanadi.
Reyting baholash indikatorlarini hisoblash tashkilotlarda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishini reyting baholash bo`yicha metodikasiga muvofiq NIS.UZ-axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Indikatorlarni reyting baholash natijalariga muvofiq axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi reyting bali bo`yicha:
➖ 71 balldan 100 ballgacha bo`lgan tashkilot – “yashil”;
➖ 55 balldan 71 ballgacha bo`lgan tashkilot – “sariq”;
➖ 55 balldan past bo`lgan tashkilot – “qizil” deb topiladi.
Reyting baholash yakunlari bo`yicha axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi “yashil” deb topilgan tashkilotlarning ijobiy ish tajribasi boshqa tashkilotlar o`rtasida ommalashtirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ko`riladi.






