AsosiyJamiyat

O`zbekiston elchisi Hindiston Islom madaniyati markazi prezidenti bilan uchrashdi

'O`zbekiston elchisi Hindiston Islom madaniyati markazi prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston elchisi Dilshod Axatov Hindiston Islom madaniyati markazi prezidenti Sirojiddin Qurayshiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA.

Uchrashuvda Hindiston Islom madaniyati markazi va O`zbekistondagi etakchi Islom ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta`lim muassasalari o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Xususan, O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi va uning huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati haqida hind tomoniga ma`lumot berildi.

Sirojiddin Qurayshiy O`zbekistonda islom dinini chuqur o`rganish, uning rivojiga hissa qo`shgan buyuk olimlarning ilmiy merosini har tomonlama tadqiq etish va dunyo hamjamiyatiga etkazish bo`yicha bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar ko`lami maqtovga sazovor ekanini ta`kidladi.

O`z navbatida Hindiston Islom madaniyati markazi o`z imkoniyatlari doirasida mazkur tadqiqot markazlari bilan yaqin amaliy hamkorlikka tayyor ekani e`tirof etildi. Bu borada o`zbek va hind olimlari o`rtasida qo`shma tadqiqotlar olib borish, xalqaro ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etish, Hindistondagi yirik kutubxonalarda saqlanayotgan islomshunos olimlar asarlarini o`rganish kabi alohida yo`nalishlar ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar