OTMga hujjatlarni onlayn qabul qilish 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Prezident raisligidagi oliy ta`limga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida ma`lum qilindi.
Ikki hafta muddatda qo`shimcha davlat granti asosida (imtiyozli) qabul parametrlari tasdiqlanadi.
Joriy yil ilk marotaba 9 ta nodavlat oliy talim muassasalarida 22 ta yo`nalishda talabalarni o`qitish uchun 500 ta davlat granti ajratiladi.
Shuningdek, bu yil oliy o`kuv yurtlariga qabul soni o`tgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga etkazilishini ma`lum qilindi.






