AsosiyJamiyat

Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Bugun Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi Axborot xizmati.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rib chiqildi. Sessiyada so`zga chiqqan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Chilonzor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tumanda olib borilayotgan ishlar ko`lamiga to`xtalib o`tdi va yangi hokim nomzodini deputatlarga tavsiya etdi.

Sessiyada Ichki ishlar tizimida uzoq yillar mehnat qilgan va 2019 yildan hozirgi vaqtgacha Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan Mavlyanov Shavkat Tohirovich Chilonzor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Shavkat Mavlyanov 1978 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 1999 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 2012 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi oliy akademik kursini tamomlagan.

 

    Boshqa yangiliklar