AsosiyJamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo`shimcha vazifalar yuklatildi

'Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo`shimcha vazifalar yuklatildi'ning rasmi

“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta`minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 sentyabrgacha:

- Ochiq ma`lumotlar portali davlat xaridlari bo`yicha maxsus axborot portali bilan integrasiya qilinadi;

- respublikadagi har qanday bino va inshootlarning mulkdori yoki egasi to`g`risidagi ma`lumotlar, mazkur bino va inshootlarning manzilini kiritish orqali bilish elektron interaktiv xizmati ishga tushiriladi;

- “avtomobil tarixi” to`g`risidagi ma`lumotlar, avtomototransportlar beriladigan ro`yxatdan o`tkazish milliy davlat raqami belgilari, avtotransportlar ro`yxatdan o`tganlik guvohnomalarining seriya hamda raqamini kiritish va haq to`lash orqali aniqlash elektron interaktiv xizmati ishga tushiriladi.

2021 yil 1 avgustgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi rasmiy veb-saytida va Portalda Ov qilish va ovchilik xo`jaliklari to`g`risidagi axborot bazasi ishga tushiriladi.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo`shimcha vazifalar yuklatildi. Agentlik, jumladan:

● davlat organlari va tashkilotlarining ma`lumotlarni Internetga joylashtirish majburiyatlari hisobini yuritadi;

● murojaatlardan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqaradi.

Farmonga ko`ra, “Davlat sirlarini saqlash to`g`risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.  

 2021 yil 1 dekabrdan:

- yil yakunlari bo`yicha davlat organlari va tashkilotlarining Ochiqlik indeksi aniqlanadi;

 

-quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:

▫️ Qonunchilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;

▫️ taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari.

    Boshqa yangiliklar