AsosiyJamiyat

DXXning sobiq binosi 210 mlrd so`mga sotildi

'DXXning sobiq binosi 210 mlrd so`mga sotildi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir qator yirik ko`chmas mulk ob`ektlarini xususiylashtirish jarayoni natijalari to`g`risida ma`lumotlarni e`lon qildi. 

Jumladan, Toshkent shahri, Sayilgoh ko`chasi manzilida joylashgan sobiq “Markaziy bino” bo`yicha 210 milliard so`m sotib olish narxi bilan “METROPOL GROUP” MChJ savdo g`olibi, deb topildi. 

Bundan tashqari,  Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar ko`chalari kesishuvi manzilida joylashgan “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi bo`yicha 78,0 milliard so`m sotib olish narxi bilan – “Metro Plaza” MChJ hamda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko`chasi manzilida joylashgan “Ichan qal`a” mehmonxona majmuasi bo`yicha 74,2 milliard so`m sotib olish narxi bilan – “QUADRO IH DMCC” kompaniyasi g`olib deb topilgan.  

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdo g`oliblari bilan davlat aktivining sotilishi yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish ishlarini boshlashi ma`lum qilinmoqda. 

    Boshqa yangiliklar