AsosiyJamiyat

Nukus-Oqtov-Nukus yo`nalishi bo`yicha muntazam aviaqatnovlar yo`lga qo`yilmoqda

'Nukus-Oqtov-Nukus yo`nalishi bo`yicha muntazam aviaqatnovlar yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 21-iyunidan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Nukus-Oqtov-Nukus yo`nalishi bo`yicha haftaning dushanba kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya Axborot xizmati xabar bermoqda. 

⠀Nukus-Oqtov yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 1 093 000 so`mdan boshlanadi, Nukus-Oqtov-Nukus bo`yicha esa 1 869 000 so`mdan boshlanadi.

⠀Bundan tashqari, Toshkent va Samarqanddan Oqtovga va Nukus orqali ortga to`g`ridan-to`g`ri tariflar joriy etilgan. Shuningdek, avvalroq, «Uzbekistan Airways» AJ Urganch-Oqtov-Urganch yonalishida ham haftasiga ikki marotaba – dushanba va juma kunlari muntazam qatnovlarni bajarayotganligi xabar qilingan edi. 

Ma`lumot uchun: narxlar, O`zbekiston Respublikasi MB kursi bo`yicha 16.06.2021-yil holatiga ko`ra amal qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar