O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlardagi o`zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda PRezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ikki kunlik amaliy tashrif davomida to`qimachilik, agrosanoat va qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko`zdan kechirish rejalashtirilgan.
«Yangi Andijon» shaharchasi qurilishining boshlanishi tashrifning eng muhim voqealaridan biri bo`ladi.






