AsosiyJamiyat

Samarqandda "Jiguli" va "Saptiva" haydovchilari o`rtasida janjal kelib chiqdi

'Samarqandda "Jiguli" va "Saptiva" haydovchilari o`rtasida janjal kelib chiqdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumanida «Jiguli» va «Saptiva» haydovchilari bir-biriga yo`l bermasligi oqibatida janjal kelib chiqdi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Xabarga ko`ra, holat 16 may kuni soat 22:30 larda Dehqonobod mahallasida sodir bo`lgan. «VAZ-2106» hamda «Saptiva» rusumli avtomashina haydovchilarining bir-biriga yo`l bermasligi oqibatida fuqarolar o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjalga avtomashinalarda bo`lgan fuqarolar ham qo`shilgan. Janjal oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, hozirda jabrlanuvchilar olgan tan jarohatlarining og`irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Urgut tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar