Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berishicha, Agentlik tomonidan davlat xaridlariga oid (may-iyun oylaridagi) e`lonlar bo`yicha o`tkazilgan masofaviy monitoringda byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 101,5 mlrd. so`mlik 324 ta tanlovda «Davlat xaridlari to`g`risida»gi va «Raqobat to`g`risida»gi qonunlarning talablari buzilishiga yo`l qo`yilganligi aniqlangan.
Shundan, Andijonda 20,0 mlrd. so`mlik (51 ta), Samarqandda 12,8 mlrd. so`mlik (52 ta), Jizzaxda 8,3 mlrd. so`mlik (20 ta), Buxoroda 7,3 mlrd. so`mlik (33 ta), Qashqadaryoda 7,2 mlrd. so`mlik (20 ta), Surxondaryoda 7,9 mlrd. so`mlik (30 ta), Xorazmda 5,3 mlrd. so`mlik (18 ta), Navoiyda 5,2 mlrd. so`mlik (16 ta), Namanganda 2,6 mlrd. so`mlik (11 ta), Farg`onada 2,0 mlrd. so`mlik (10 ta), Qoraqalpog`iston Respublikasida 3,4 mlrd. so`mlik (11 ta) va Toshkent shahrida 19,5 mlrd. so`mlik (51 ta) tanlovlar bo`yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi ma`lum bo`ldi.
Davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgan tanlovlardan 72 tasi (24,6 mlrd.) tuman (shahar) hokimliklari, 71 tasi (20,9 mlrd.) Xalq ta`limi vazirligi, 61 tasi (17,9 mlrd.) Sog`liqni saqlash vazirligi, 33 tasi (11,1 mlrd.) Maktabgacha ta`lim vazirligi, 24 tasi (7,9 mlrd.) Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, 9 tasi (3,6 mlrd.) Suv xo`jaligi vazirligi va qolgan 54 tasi (15,5 mlrd.) boshqa vazirlik va idoralar hisobiga to`g`ri keladi.
Monitoring yakunlari bo`yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan e`lon qilingan 101,5 mlrd. so`mlik 324 ta tanlovni bekor qilish haqida vazirlik va idoralarga 268 ta taqdimnoma kiritildi.






