AsosiyJamiyat

Muammoni bildingmi — uni hal etish loyihasini tuzgin

'Muammoni bildingmi — uni hal etish loyihasini tuzgin'ning rasmi

Medik-magistrantlarning ilmiy tadqiqotlari amaliy sog`liqni saqlash samaradorligini oshirishi, odamlarga tibbiy xizmat ko`rsatish  sifatiga hissa qo`shishi mumkin. «Jarayonlarni yaxshilash» metodologiyasi bo`yicha trening ishtirokchilari qanday qilib yoshlarning ilmiy tajribalariga bo`lgan qiziqishini oshirish mumkinligi va boshqa qiziq g`oyalarni muhokama qildilar.

Amaliy trening iyun oyida O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi tomonidan Integral Global Health (IGH) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

IGH bir qator yo`nalishlarda o`z faoliyatini olib boryapti. Xususan, kompaniya tomonidan O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Virusologiya institutiga, shuningdek, Sanitar-epidemiologik xizmatiga laboratoriya tashxisini nazorat sifatini  oshirish uchun texnik ko`mak ko`rsatilyapti.

«Mana shu uch kun ichida biz loyihalarni boshqarish bo`yicha yangi ko`nikmalarga ega bo`ldik», — deb ta`kidlaydi intervyuda trening ishtirokchisi, Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) Jamoat salomatligi, sog`liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedrasi dosenti Salima Nazarova.

«Albatta, loyihalarni boshqarish usullari juda ko`p va xilma-xil. Yangi usulning o`ziga xosligi — 7 bosqichdan tarkib topgan bo`lib, biz ularni trening davomida batafsil o`rganib chiqdik. Natijada guruhimiz tomonidan ta`lim muassasalarida magistrlarning ilmiy tadqiqotlarini yaxshilash va ularni amaliy sog`liqni saqlashga joriy etish bo`yicha loyiha ishlab chiqildi. Magistrlar tadqiqotining bir qismi amaliyotga etib bormayotgani faqat qog`ozda qolayotgani muammoli masala bo`lib qolyapti. Yoshlarning har bir shunaqangi tadqiqoti tezda ko`rib chiqilishi va ularni amaliyot sog`liqni saqlashga joriy etish maqsadida baholanishiga OTMlarda, tibbiyot birlashmalarida, pirovard natijada bemorlarda qiziqish katta. Loyihalarni boshqarishning mazkur treningda o`zlashtirilgan usuli bunda yordam berishi mumkin», — deb hisoblaydi S. Nazarova.

Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) jamoat salomatligi, sog`liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedrasi mazkur treningda to`liq tarkibda ishtirok etdi. Kafedra mutaxassislari Sog`liqni saqlash vazirligi bosh bolalar infeksionisti, tibbiyot fanlari doktori, ushbu kafedra mudiri Gulnora Xudoykulova rahbarligida hamisha yangi usullarni o`zlashtirishga tayyor. Va bu juda muhim, chunki aynan ana o`shalar talabalarga sog`liqni saqlashda menejment bo`yicha dars beradi, ya`ni zamonaviy sog`liqni saqlash kabi murakkab mexanizmni boshqarishni o`rgatadi. 

«Bugun sog`liqni saqlashda o`zgarishlar ko`p, menedjmentda ham o`zgarishlar bor. Treningda biz o`zlashtirib olgan usullar bularning hammasini tizimlashtirish va soddalashtirish imkonini beradi. Bunda taqdim etilgan tizimni joriy etish ko`p qirrali reja sanaladi. Uning yordamida sog`liqni saqlashning birlamchi bo`g`ini muammolarini hal etish mumkin. Shuningdek, ta`lim, intizom bilan bog`liq muammolarini hal etish mumkin. Shunday foydali treningni tashkil etganlaring uchun xursandman va ishda yangi ko`nikmalarni qo`llashni rejalashtiryapmiz», — dedi G. Xudoyqulova.

Mazkur dasturdagi har bir bosqich birma-bir yozib chiqilgan. Bu esa loyihalarni tizimli ma`muriy yoki boshqaruv to`g`risida hech qanaqangi tasavvurga ega bo`lmagan odam uchun ham bunday loyihalarni boshidan tuzish imkonini beradi. Va bunda muammolarni aniqlab, qo`yilgan maqsad yo`lida barcha zarur amallarni bajarib, ularni birma-bir joylashtirib chiqishi mumkin bo`ladi. Toshkentdagi Vestminster universitetining (TVMU) «Jamoat salomatligi» kursi rahbari Evgeniya Shalaeva shunday hisoblaydi. U kishi ham o`qituvchilik faoliyatida olingan ko`nikmalarini qo`llashni rejalashtiryapti. 

Trening yakuniga Integral Global Health eksperti doktor Brayan Robi ham yaxshi baho berdi. Uning fikricha, ishtirokchilar «Jarayonlarni takomillashtirish» uslubi algoritmini zo`r qiziqish bilan o`rgandilar. Endi ular o`zlari trener bo`lib, boshqalarga bilim o`zlashtirishlari uchun yordam berishga tayyor. Bu ularga o`z bilimlarini yoyish, shuningdek, masalalarni hal etgan holda, mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimini yaxshilashga yordam beradi.

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar